7.23.2023 y. sanasida «Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi» kafedrasi pedagog xodimlari tomonidan “Konstitutsiya — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida talabalar orasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlab rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. O‘zbekistonda bosh qomus qabul qilinganining 31 yilligi nishonlamoqda. Konstitutsiya mamlakatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibini belgilaydi. Davlatimiz rahbarining “Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq”, degan ta’kidi bugungi zamonaviy hayotni ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmasligini yaqqol namoyon etadi. Zero, dunyoning eng yetakchi davlatlari ham mamlakatning kelgusi ravnaqiga ta’limni rivojlantirish orqaligina erishish mumkinligini inkor etmayapti.
Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni oldidan turli tadbirlar, mavzu doirasida suhbatlar tashkil etilmoqda. Bu kabi tadbirlar Bosh qomusimizning g‘oya va asosiy tamoyillari mazmunini targ‘ibot-tashviqot qilishda muhim sanaladi. Shu maqsadda kafedrada Rasmlar oliy ma’lumotli hamshiralik va Davolash ishi yo‘nalishi talabalari orasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlab rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Chizilgan rasmlar kafedra mudiri tomonidan baholanib tanlov g‘oliblari e’lon qilindi. Ushbu o‘tkazilgan tadbir talabalarda iliq ta’surot qoldirdi.