RAZIKOVA ILMIRA

SADULLAYEVNA

Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi

kafedrasi mudiri

Tibbiyot fanlari doktori., professor

1987- yil Toshkent tibbiyot institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

1987-1992 yillarda Toshkent davlat tibbiyot institutini “Allergologiya” mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturani tamomlagan.

1992 – 1998 yillarda Toshkent davlat tibbiyot institutini klinik allergologiya kursi assistenti lavozimida faoliyat olib borgan.

Ilmiy faoliyatini 1997 yil Toshkent davlat birinchi tibbiyot instituti huzuridagi D.087.01.01. Ixtisoslashgan Kengashda «Фармакологические исследования нового биостимулятора стимусола» mavzusida 14.00.25 – farmakologiya ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari nomzodligini himoya qilgan.

1998-2001 yillarda Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot institutining klinik allergologiya kursi doktoranti bo‘lgan.

2001-2003 yillarda Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot institutini klinik allergologiya kursi assistenti bo‘lib ishlagan.

2003 yil Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti huzuridagi D.087.09.02. Ixtisoslashgan Kengashda «Особенности клинико иммунологических проявлений атопической бронхиальной астмы у подростков и разработка оптимальных дифференцированных программ лечения» mavzusida 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya ixtisosligi bo‘yicha DSc himoya qilgan.

2003 – 2004 yillar davomida Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot institutini ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi qoshidagi Hamshiralik ishi kursiga raxbarlik qilgan.

2004-2005 yillarda Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot institutida Hamshiralik ishi kafedrasi tashkil qilindi va shu kafedraning mudiri lavozimida ishlagan.

2005 yil ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan.

2005 – 2006 yillarda sobiq birinchi va ikkinchi tibbiyot institutlari birlashtirilib, Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etilishi munosabati bilan ko ‘plab kafedralar birlashtirilishi munosabati bilan Hamshiralik ishi kafedrasi ham ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi tarkibiga kiritildi va Hamshiralik ishi kursiga raxbarlik qilgan.

2006-2008 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi ichki kasalliklar propedevtikasi gematologiya va xarbiy dala terapiyasi, kasb kasalliklari kafedrasi tarkibidagi Hamshiralik ishi kursiga raxbarlik qilgan.

2008 yil Allergologiya va immunologiya ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoniga musharaf bo‘ldi.

2008-2018 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida Hamshiralik ishi kafedrasi tashkil etildi va shu kafedraga mudir etib tayinlandi.

2018 yilda men O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika ilmiy ixtisoslashgan Allergologiya markaziga direktor lavozimiga tayinlandi.

2018 yili Toshkent tibbiyot akademiyasida Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasi tashkil etilib, shu kafedraga mudir lavozimida ishlab kelmoqda.

2023 yil Turon akademiyasining akademik ilmiy unvonini olgan.

Kafedradagi ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 7 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 200 dan ortiq ilmiy ishlar, 28 dan ortiq o’quv- uslubiy qo‘llanmalar chop ettirgan. 10 ta ratsional takliflari, 12 ta DGU, 2 ta patent olishga muvaffaq bo‘lgan.

Razikova Ilmira Sadullayevna raxbarligida 3 ta falsafa doktori (PhD), 2 ta (DS) dissertatsiyasilari himoya qilingan. Hozirgi vaqtda 1 ta (DS), 3 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishlariga rahbarlik qilmoqda.

ALIKULOVA DILRABO

YAKSHIBAYEVNA

Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),

katta o‘qituvchi

 

Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasining o‘quv ishlari bo‘yicha ma’suli bo‘lib 2003 yildan buyon faoliyat yuritadi.

Alikulova Dilrabo Yakshibayevna 2000-2003 yillar davomida 2 – Toshkent davlat tibbiyot inistituning Oliy hamshiralik ishi talim yoʻnalishi bakalavr darajasini tamomlagan.

2003 yildan buyon Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Allergologiya, klinik immunologiya va Hamshiralik ishi kafedrasi”da katta oʻqituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

2014 – 2016 yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi, Jamoa salomatligi,   hamshiralik ishini tashkil etish va boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talim yoʻnalishini tamomlagan.

2013 yildan Oliy hamshiralik ishi talim yoʻnalishini takomillashtirish boʻyicha Jaxon sogʻliqni saqlash tashkilotining ekspertlarining ishchi gurux a’zosi sifatida faoliyat koʻrsatgan.

Hozirgi kungacha oliy hamshiralik ishi talim yoʻnalishi boʻyicha yetarli malaka va tajribaga ega boʻlgani uchun oliy hamshiralik ishi talim yoʻnalishi talabalari uchun 7 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 27 tadan ortiq oʻquv uslubiy qoʻllanmalarni hammualiflikda nashr qilgan. 90 dan ortiq mahalliy va xorijiy ilmiy maqolalar, tezislar, 2 ta xorijiy hamkorlikda skopus maqola chop ettirgan.

2024 yil “Bronxial astma bilan kasallangan bemorlarga tibbiy profilaktik yordam koʻrsatishda hamshiralarning rolini optimallashtirish” mavzuzida tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi himoya ishini qildi.

Jamoa ishlarida oʻta faol, barcha topshiriqlarga jiddiy ma’suliyat bilan yondoshadi. Tashkilotchilik, boshqaruvchilik, yetakchilik xususiyatlariga ega.

 

Mirpayzieva Mutabar Abduganievna Hamshiralik ishi kafedrasi assistenti.

2004 yilda Toshkent Tibbiyot Institutining OMX fakulьtetini tugatgan. 2007 yil Jamoat tibbiyoti sog‘lig‘ini saqlash tizimini boshqarish mutaxassisligi  bo‘yicha magistraturani tomomlagan. “Xirurgik bo‘limlarda yotoq yaralarni davolash algoritmi” mavzusida magistrlik dissertasiyasini himoya qilgan. 2007  yil yanvarь  oyidan shu kungacha Xamshiralik ishi kafedrasi   assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.

M.A. Mirpayzievaning ilmiy faoliyati natijalari 12 ta ilmiy maqola,  3ta darslik, 11ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 19 ta tezislar chop qilingan.  Kafedra va akademiyaning jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etadi.

 

Baybekova Venera Faridovna 1985 yilda tug‘ilgan. 2002-2009 yillar davomida TTA davolash fakultetini tamomlagan. 2009-2012 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasini ichki kasalliklar yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2012 yil sentyabr oyidan buyon TTA, “Hamshiralik ishi” kafedrasida va 2018 yil sentyabr oyidan buyon TTA, “Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritmoqda. Xozirgi davrgacha 8 ta xorijiy maqola, 27 ta Respublika miqyosida maqolalar va tezislarni xammualliflikda yozgan. Kelgusidagi rejalar: t.f.d., professor I.S. Razikova raxbarligida “ Asoratli bronxial astma kasalligini davoni takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borishni rejalashtirmoqda. V. F. Baybekovaning ilmiy faoliyati natijalari 9 ta ilmiy maqola, 5 ta darslik, 8 ta o‘quv – uslubiy qo‘llanma, 18 ta tezislar chop qilingan. Kafedra va akademiyaning jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etadi.