Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi https://dn.nursing.tma.uz/uz Toshkent davlat tibbiyot universiteti Thu, 15 Jan 2026 04:07:52 +0000 uz-UZ hourly 1 https://dn.nursing.tma.uz/wp-content/uploads/2021/08/cropped-tma-new-logo-32x32.png Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi https://dn.nursing.tma.uz/uz 32 32 Manaviyat-marifat ishlari https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/3101 https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/3101#respond Fri, 09 Jan 2026 04:06:02 +0000 http://dn.nursing.tma.uz/?p=3101 Allergolologiya KI va HI kafedrasining manaviyat-marifat ishlariga masul assistent Z.T.Usmanova 7-TTJ ga tashrif buyurib, xolat bilan tanishdi va talabalarni joylashishi xaqida suxbat uyushtirdi. Shuningdek tarbiyachi-pedagog Xudoyberdiyev Alijon Muxtorovich bilan kafedrani xamkorlik rejasini tuzish masalalarini kelishib olindi.

 

 

]]>
https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/3101/feed 0
O‘quv – Uslubiy konferensiyadan foto lavhalar https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/3058 https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/3058#respond Thu, 08 Jan 2026 03:49:08 +0000 http://dn.nursing.tma.uz/?p=3058 👨🎓 Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan tibbiyot texnikumlari o’qituvchilari uchun 07.01.2026 kuni, soat 10:00 da Allergologiya, klinik immunologiya va Hamshiralik ishi kafedrasi professor – o‘qituvchilar jamoasi tomonidan O‘quv – Uslubiy Konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bunda
1. “DMED tizimida hamshiralar roli”
2. “Hamshiralar amaliyotidagi xatoliklar” mavzusida dokladlar o‘qiladi hamda video materallar taqdim etiladi.
TDTU Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasi professor – o ‘qituvchilar jamoasi va tadbir qatnashchilari bilan birgalikdagi foto lavhalar.

]]>
https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/3058/feed 0
O‘quv – uslubiy anjuman! https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/3041 https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/3041#respond Mon, 05 Jan 2026 11:03:31 +0000 http://dn.nursing.tma.uz/?p=3041 Assalomu alaykum hurmatli tibbiyot texnikumi direktorlari va hamkorlik ishlari bo’yicha ma’sullar!.

👨🎓 Toshkent davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan tibbiyot texnikumlari o’qituvchilari uchun 07.01.2026 kuni, soat 10:00 da Allergologiya, klinik immunologiya va Hamshiralik ishi kafedrasi professor – o‘qituvchilar jamoasi tomonidan O‘quv – Uslubiy anjuman bo‘lib o‘tadi. Bunda

1. “DMED tizimida hamshiralar roli”
2. “Hamshiralar amaliyotidagi xatoliklar” mavzusida dokladlar o‘qiladi hamda video materallar taqdim etiladi.

👩🎓‼ Marhamat qilib ushbu O‘quv – uslubiy anjumanga siz rahbarlik qilayotgan jamoangizning 2 nafar o’qituvchilaridan yuborishingizni so’raymiz.
📣 O’tkazish joyi: Respublika Ixtisoslashtirilgan Allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining 2 – qavati, majlislar zali.
Sizga xurmat bilan! TDTU Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasi professor – o ‘qituvchilar jamoasi.

]]>
https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/3041/feed 0
Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/3020 https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/3020#respond Fri, 26 Dec 2025 10:30:59 +0000 http://dn.nursing.tma.uz/?p=3020 Bugun 2025-yil 26-dekabr kuni «Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi’ kafedrasining magistrlari, professor o’qituvchilari, kafedra mudiri t.f.d., professor Razikova I.S. boshchiligida magistrlik dissertatsiyasi himoyasi bo’lib o’tdi. «Allergologiya va klinik immunologiya» yo’nalishi bo’yicha 2 ta magistrlarining dissertatsiya himoyasi ko’rib chiqildi va muhokama qilindi.

1

2

3

4

 

]]>
https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/3020/feed 0
“Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi” fani bo‘yicha xalqaro olimpiada https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/3002 https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/3002#respond Wed, 10 Dec 2025 03:18:58 +0000 http://dn.nursing.tma.uz/?p=3002 TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI

Allergologiya, klinik immunologiya  va hamshiralik ishi kafedrasi

“Allergologiya, klinik immunologiya  va hamshiralik ishi” fani bo‘yicha xalqaro olimpiada

AXBOROT XATI

Hurmatli talabalar!

Sizlarni Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Allergologiya, klinik immunologiya  va hamshiralik ishi” kafedrasida tashkil etilayotgan «“Allergologiya, klinik immunologiya  va hamshiralik ishi” fani bo‘yicha xalqaro olimpiadaga taklif etamiz!         

Olimpiadada 4-5-6 bosqich Davolash ishi (kasbiy ta’lim) va oliy ma’lumotli  hamshiralik yo’nalishlari 2-3 bosqich  talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Olimpiada o‘tkazilish vaqti, sanasi va joyi: 12-00 da, 24.12.2025 yil, Toshkent shahri.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 21- dekabrgacha

Olimpiada o‘zbek, rus, ingliz tillarida, onlayn formatda, 3 ta bosqichda o‘tkaziladi.

1 – bosqich: test savollari Google platformasida

2 – bosqich: vaziyatli masala yechish

3 – bosqich: blits-savol

Olimpiada haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi internet havola va telegram kanali orqali olishingiz mumkin:

Ro’yhatdan o’tish uchun:    https://forms.gle/S3Jsj7PFYrZ9krAF7

Qo’shimcha ma’lumot uchun: https://t.me/allergology_nursing2025

 

Xalqaro olimpiada tashkiliy qo’mita a’zolari:

 

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori:

Azizova Feruza Lutpillaevna +998781507802

 

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i

Karimova Ziyoda Kushbayevna +998977046182

 

Kafedra assistenti:

Ikramova Dilnoza Boxodirovna +998946354854

Kafedra assistenti

Nosirova Mexriniso Parda qizi +998998724050

Kafedra assistenti:

Baybekova Venera Faridovna +998901311924

]]>
https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/3002/feed 0
🔴 1- dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/2990 https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/2990#respond Mon, 01 Dec 2025 04:01:33 +0000 http://dn.nursing.tma.uz/?p=2990 📊 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, hozir dunyoda OIV infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan qariyb 40 million kishi yashaydi. Har yili bemorlar soni salkam 1,5 million nafarga ko‘paymoqda. Eng achinarlisi, xastalik yiliga 600 mingdan ziyod kishining hayotiga zomin bo‘lyapti.

📌 Albatta, bu ko‘rsatkichlar OIV inson hayoti uchun jiddiy tahdid ekanligining yaqqol tasdig‘idir.

📆 Ushbu global muammoga qarshi hamjihatlikda kurashish maqsadida har yili 1-dekabr sanasi dunyo bo‘ylab Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlab kelinmoqda.

🔎 — O‘zbekiston keyingi yillarda mazkur yo‘nalishda sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Bu esa BMTning OIV va OITS bo‘yicha qo‘shma dasturining dunyo miqyosida tan olingan “95-95-95” strategik maqsadlariga erishishda katta ahamiyat kasb etyapti.

📈 Masalan, hozir yurtimizda o‘z statusidan xabardor bo‘lgan OIV bilan yashovchilar 87 foizga, bemorlarni retrovirusga qarshi muolajalar bilan qamrab olish ko‘rsatkichi 89 foizga yetgan.

📲 Soha raqamlashtirilishi natijasida 18 yoshgacha bo‘lgan OIV infeksiyali bolalarga nafaqa tayinlash, homiladorlar, nikohlanuvchilar va aholi turli vakillarini OIVga tekshirish, bemorlarning tibbiy kuzatuvi, xorijga chiqish, donorlik hamda tug‘ilish ma’lumotlarida aniqlikka erishilib, ovoragarchilikka chek qo‘yildi.

📍 Bemorlarga, respublikaning qaysi manzilida yashashidan qat’i nazar, chegarasiz tibbiy xizmat ko‘rsatish va muolaja o‘tkazish imkoniyati yaratildi. Dorilarni qabul qilishda uzilishlarning oldini olish choralari ko‘rilyapti.

🔎 Ushbu infeksiya bilan yashovchi onalardan tug‘ilgan bolalarga OIV yuqishining oldini olish maqsadida homilador ayollarni infeksiyaga tekshirish qamrovi 100 foizga yetkazildi.

💊 OIV aniqlangan bo‘lg‘usi onalar va ulardan dunyoga kelgan farzandlar retrovirusga qarshi dori vositalari, chaqaloqlar olti oylik bo‘lguniga qadar quruq sut aralashmalari bilan ta’minlanmoqda.
💻 Tuman laboratoriyalari faoliyati raqamlashtirilishi natijasida barcha OIV skriningi natijalari elektron tizimda o‘z aksini topyapti.

🔬 Joriy yilda OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning 95 foizi o‘z statusini bilishlari uchun 5 million nafardan ortiq aholi orasida tegishli tekshiruvlar o‘tkazildi.

‼ Albatta, bularning barchasi kelgusida bu xavfli kasallikning oldini olish, uni erta bosqichda aniqlab, samarali davolashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

]]>
https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/2990/feed 0
“Sport — sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni” https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/2935 https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/2935#respond Sun, 23 Nov 2025 04:33:13 +0000 http://dn.nursing.tma.uz/?p=2935 22.11.2025 yil Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Shifokor” sport majmuasida “Sport — sog‘lom xalq, sog‘lom avlodning tayanch ustuni” shiori ostida keng ko‘lamli sport bayrami tashkil etildi.

Tadbirda Аllergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasi o‘qituvchilari ham faol ishtirok etishdi.

.

.

.

.

.

.

]]>
https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/2935/feed 0
“Tanamiz qanday ishlaydi?” https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/2963 https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/2963#respond Thu, 20 Nov 2025 03:39:43 +0000 http://dn.nursing.tma.uz/?p=2963 Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi” kafedrasi  o‘qituvchilari:  Nosirova M.P va Ikramova D.B 2025 yil 19 – noyabr kuni xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi Olmazor tumani Ipakchi 6-tor ko‘chasi 209 uy “Junior.ik” ga tashrif  buyurdilar. Maktabgacha ta’lim muassasasining  mudiri Shigapova L.A bilan reja asosidagi tadbir muxokama qilib olindi.

     Shundan so‘ng TDTU “Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi” kafedrasi assistentlari Nosirova M.P va Ikramova D.B.  “Tanamiz qanday ishlaydi?”  mavzusida rivojlantirish darsi katta va tayyorlov guruxiga o’tildi. Rivojlantirish darsida tibbiyot asoslari, sog‘liqni saqlash qoidalari, birinchi yordam elementlari, sog‘lom turmush tarzi tamoyillari bilan tanishtirib utdilar.

 

Rivojlantirish darsida MTM direktori va tarbiyachilar tomonidan ijobiy baholandi. Ular bolajonlarga nazariy jihatdan qiziqarli va mazmunli, amaliy jihatdan esa foydali bo‘lganligini ta’kidladilar.

MTM tarbiyachilari xam mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va Toshkent davlat tibbiyot  universiteti “Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi” kafedrasi xodimlari Nosirova M.P., Ikramova D.B  ga minnatdorlik bildirdilar.

 

]]>
https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/2963/feed 0
“Davlat bayrogʻidan foydalanish, unga ehtirom koʻrsatish va madaniyatli tarzda munosabat bildirish” https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/2892 https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/2892#respond Tue, 18 Nov 2025 06:41:48 +0000 http://dn.nursing.tma.uz/?p=2892 Davlat bayrogʻidan foydalanish, unga ehtirom koʻrsatish va madaniyatli tarzda munosabat bildirish

mavzusida oʻtkazilgan tadbir

Oʼtkazilgan sanasi: 19.11.2025 yil

Qatnashdilar: Аllergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasi xodimlari va OMH fakul’tetining 1-kurs talabalari

Oʼtkazilgan joyi: Аllergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasi

  Kun tartibi:  Talabalarda Oʻzbekiston bayrogʻining har bir fuqaro uchun qadr-qimmati va ahamiyati haqida aniq tasavvur hosil qilish. Oʻzlari va boshqalar uchun bayrogʻimizga nisbatan hurmat va ehtiromga asoslangan muhit yaratish koʻnikmalarini shakllantirish.

Tadbirda talabalar hayotiy misollar va dalillar, audio va video materiallar, keys-topshiriqlar va rolli oʻyinlar orqali umuman “bayroq” tushunchasi, uning har bir davlat uchun zarurligi va qadr-qimmati, Oʻzbekiston bayrogʻining davlatimiz ramzi sifatidagi oʻrni va roli, uni ardoqlash va qadrlash, bayroqdan foydalanish va unga ehtirom koʻrsatish tartib-qoidalariga doir bilimlarni oʻzlashtiradilar va bu haqdagi maʼlumotlarga ega boʻladilar.

Tadbir interaktiv usullarda tashkil etiladi, talabalarda mustaqil fikrlash, mantiqiy tahlil, empatiya va sogʻlom muloqot, ezgu gʻoyalarga sadoqat, davlatimiz ramzlari va ayniqsa Oʻzbekiston bayrogʻini qadrlash va ardoqlash koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

  1. Yoshlarga “bayroq” tushunchasining tarixi, har bir davlat uchun zarurligi, uning fuqarolar uchun qadr-qimmatini anglatish.
  2. Talabalarga Oʻzbekiston bayrogʻining davlat ramzi sifatidagi ahamiyatini tushuntirish.
  3. Mamlakatimiz bayrogʻining davlatimiz ramzi sifatidagi oʻrni va ahamiyatini talabalarga anglatish, ularda bayrogʻimizni ardoqlash va qadrlash tuygʻusini shakllantirish.
  4. Davlatimiz bayrogʻidan foydalanish tartib-qoidalari va bayroqqa ehtirom koʻrsatish tamoyillarini talabalarga oʻrgatish.

“Bayroq” – ma’lum rangda tayyorlanib, maxsus ramziy belgilar tushirilgan mato manosini anglatadi. Dunyodagi barcha davlatlarning milliy bayrog’i bor.

O’zbekiston Respublikasining ham o’z bayrog’i mavjud. U Davlatimizning ramzlaridan biri bo’lib, O’bekistom Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi sessiyasida tasdiqlangan. Shundan boshlab bu sana  yurtimizda “bayroq kuni” sifatida nishonlanadi. Maktab davridan buyon O’zbekiston bayrog’i haqida yaxshi ma’lumotga egamiz. Uning ranglari va ma’nolari haqida har yili televideniya va radio, internet tarmoqlarida eshtib, o’qib boramiz.  Bugungi darsda mamlakatimiz bayrog’ining tarixi va ahamiyati, uni qadrlash va ardoqlash zarurligi haqida so’z yuritdi.

Ma’lumki, jonajon Vatanimiz O’zbekiston 1991- yilda mustaqillikga erishdi. Xalqimiz o’zining milliy davlatchiligini ttiklash va mustahkamlash, taraqqiyot yo’lini mustaqil tanlash, davlat ramzlariga ega bo’lish, xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lish kabi huquqlarni qo’lga kiritdi. O’sha yili gerb, madhiya va bayroq kabi barcha davlat ramzlari tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi. Jumladan, davlatimiz bayrog’i 1991- yilda 18-noyabrdagi 407-XII-sonli “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida”gi Qonuni tasdiqlangan. O’shandan buyon barchamiz uchun eng qadrli va ardoqli davlat ramzlaridan biri bo’lib kelmoqda.

Davalt bayrog’i mamlakatimiz gerbi va madhiyasi singari davlat ramzlari bo’lib, suverenitetimizning asosiy belgilaridan biridir. O’zbekiston bayrog’ xalqimiz uchun milliy davlatchiligimizning eng qadrliva mo’tabar timsollaridan biri bo’lib hisoblanadi.

Davlat bayrogʻi mamlakatimiz gerbi va madhiyasi singari davlat ramzi boʻlib, suverenitetimizning asosiy belgilaridan biridir. Oʻzbekiston bayrogʻi xalqimiz uchun milliy davlatchiligimizning eng qadrli va moʻtabar timsollaridan biri boʻlib hisoblanadi.

Jahon arenasi yoki yuksak minbarda g’olib turibsiz! Sizning yutug’ingiz tufayli O’zbekiston madhiyasi yangrayapti, boshingiz uzra O’zbekiston baysog’i ko’tarilyapti. Barcha davlatlarning ramzlaridan balandda qadrdon bayrog’imiz hilpirayapti.

Amaladagi bayroq 1991-yil 18- noyabrda qabul qilingan. O’zbekiston respublikasining davlat bayrog’i to’g’ri to’rtburchak shakldagi matoda aks etgan bo’lib, uchta asosiy gorizantal rangdor bo’lakka (yorqin moviy, oq, yorqin yashil) bo’lingan. Bu bo’laklar orasini ikkita qizil rangdagi garizantal chiziq ajratib turadi. Bayroqdagi moviy rang zangori osmon va musaffo suv ramzidir.

Qizil yo’llar – har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzi.

Yaxshil rang – tabiat timsoli. Yarim oy – Islom ramzi.

Shuningdek, u yulduzlar bilan birga musaffo osmon va tinchlikni aks ettiradi. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy , ilmiy timsol sanalgan. O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’idagi 12ta yulduz tasviri ham an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning 12 yulduzga bo’lgan e’tiborimiz O’zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi tarqaqqiy ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning ilmiy-madaniy an’analarini o’zida mujassamlashtiradi.

]]>
https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/2892/feed 0
Ma`naviyat darslari https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/2831 https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/2831#respond Fri, 26 Sep 2025 04:36:23 +0000 http://dn.nursing.tma.uz/?p=2831 Bugun 26-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universtitetining Allergologiya klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasi hodimlari va talabalar bilan birgalikda «Marifat darsi – Kelajak soati» mavzusidagi ma`ruza tinglandi.

]]>
https://dn.nursing.tma.uz/uz/article/2831/feed 0