O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan Bayrog‘i!” shiori ostida respublikamizning barcha hududlarida ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
18-Noyabr kuni keng nishonlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrogi qabul qilingan kunning 32 yilligi bayrami munosabati bilan kafedra xodimlari, RIIAM va TTA talabalari bilan birgalikda “Muqaddasdir Vatan Bayrog‘i!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.