Davlat bayrogʻidan foydalanish, unga ehtirom koʻrsatish va madaniyatli tarzda munosabat bildirish

mavzusida oʻtkazilgan tadbir

Oʼtkazilgan sanasi: 19.11.2025 yil

Qatnashdilar: Аllergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasi xodimlari va OMH fakul’tetining 1-kurs talabalari

Oʼtkazilgan joyi: Аllergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasi

  Kun tartibi:  Talabalarda Oʻzbekiston bayrogʻining har bir fuqaro uchun qadr-qimmati va ahamiyati haqida aniq tasavvur hosil qilish. Oʻzlari va boshqalar uchun bayrogʻimizga nisbatan hurmat va ehtiromga asoslangan muhit yaratish koʻnikmalarini shakllantirish.

Tadbirda talabalar hayotiy misollar va dalillar, audio va video materiallar, keys-topshiriqlar va rolli oʻyinlar orqali umuman “bayroq” tushunchasi, uning har bir davlat uchun zarurligi va qadr-qimmati, Oʻzbekiston bayrogʻining davlatimiz ramzi sifatidagi oʻrni va roli, uni ardoqlash va qadrlash, bayroqdan foydalanish va unga ehtirom koʻrsatish tartib-qoidalariga doir bilimlarni oʻzlashtiradilar va bu haqdagi maʼlumotlarga ega boʻladilar.

Tadbir interaktiv usullarda tashkil etiladi, talabalarda mustaqil fikrlash, mantiqiy tahlil, empatiya va sogʻlom muloqot, ezgu gʻoyalarga sadoqat, davlatimiz ramzlari va ayniqsa Oʻzbekiston bayrogʻini qadrlash va ardoqlash koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

  1. Yoshlarga “bayroq” tushunchasining tarixi, har bir davlat uchun zarurligi, uning fuqarolar uchun qadr-qimmatini anglatish.
  2. Talabalarga Oʻzbekiston bayrogʻining davlat ramzi sifatidagi ahamiyatini tushuntirish.
  3. Mamlakatimiz bayrogʻining davlatimiz ramzi sifatidagi oʻrni va ahamiyatini talabalarga anglatish, ularda bayrogʻimizni ardoqlash va qadrlash tuygʻusini shakllantirish.
  4. Davlatimiz bayrogʻidan foydalanish tartib-qoidalari va bayroqqa ehtirom koʻrsatish tamoyillarini talabalarga oʻrgatish.

“Bayroq” – ma’lum rangda tayyorlanib, maxsus ramziy belgilar tushirilgan mato manosini anglatadi. Dunyodagi barcha davlatlarning milliy bayrog’i bor.

O’zbekiston Respublikasining ham o’z bayrog’i mavjud. U Davlatimizning ramzlaridan biri bo’lib, O’bekistom Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrdagi sessiyasida tasdiqlangan. Shundan boshlab bu sana  yurtimizda “bayroq kuni” sifatida nishonlanadi. Maktab davridan buyon O’zbekiston bayrog’i haqida yaxshi ma’lumotga egamiz. Uning ranglari va ma’nolari haqida har yili televideniya va radio, internet tarmoqlarida eshtib, o’qib boramiz.  Bugungi darsda mamlakatimiz bayrog’ining tarixi va ahamiyati, uni qadrlash va ardoqlash zarurligi haqida so’z yuritdi.

Ma’lumki, jonajon Vatanimiz O’zbekiston 1991- yilda mustaqillikga erishdi. Xalqimiz o’zining milliy davlatchiligini ttiklash va mustahkamlash, taraqqiyot yo’lini mustaqil tanlash, davlat ramzlariga ega bo’lish, xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lish kabi huquqlarni qo’lga kiritdi. O’sha yili gerb, madhiya va bayroq kabi barcha davlat ramzlari tasdiqlandi va amaliyotga joriy etildi. Jumladan, davlatimiz bayrog’i 1991- yilda 18-noyabrdagi 407-XII-sonli “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida”gi Qonuni tasdiqlangan. O’shandan buyon barchamiz uchun eng qadrli va ardoqli davlat ramzlaridan biri bo’lib kelmoqda.

Davalt bayrog’i mamlakatimiz gerbi va madhiyasi singari davlat ramzlari bo’lib, suverenitetimizning asosiy belgilaridan biridir. O’zbekiston bayrog’ xalqimiz uchun milliy davlatchiligimizning eng qadrliva mo’tabar timsollaridan biri bo’lib hisoblanadi.

Davlat bayrogʻi mamlakatimiz gerbi va madhiyasi singari davlat ramzi boʻlib, suverenitetimizning asosiy belgilaridan biridir. Oʻzbekiston bayrogʻi xalqimiz uchun milliy davlatchiligimizning eng qadrli va moʻtabar timsollaridan biri boʻlib hisoblanadi.

Jahon arenasi yoki yuksak minbarda g’olib turibsiz! Sizning yutug’ingiz tufayli O’zbekiston madhiyasi yangrayapti, boshingiz uzra O’zbekiston baysog’i ko’tarilyapti. Barcha davlatlarning ramzlaridan balandda qadrdon bayrog’imiz hilpirayapti.

Amaladagi bayroq 1991-yil 18- noyabrda qabul qilingan. O’zbekiston respublikasining davlat bayrog’i to’g’ri to’rtburchak shakldagi matoda aks etgan bo’lib, uchta asosiy gorizantal rangdor bo’lakka (yorqin moviy, oq, yorqin yashil) bo’lingan. Bu bo’laklar orasini ikkita qizil rangdagi garizantal chiziq ajratib turadi. Bayroqdagi moviy rang zangori osmon va musaffo suv ramzidir.

Qizil yo’llar – har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzi.

Yaxshil rang – tabiat timsoli. Yarim oy – Islom ramzi.

Shuningdek, u yulduzlar bilan birga musaffo osmon va tinchlikni aks ettiradi. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy , ilmiy timsol sanalgan. O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’idagi 12ta yulduz tasviri ham an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning 12 yulduzga bo’lgan e’tiborimiz O’zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi tarqaqqiy ramzi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning ilmiy-madaniy an’analarini o’zida mujassamlashtiradi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.