Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi” kafedrasi o‘qituvchilari: Nosirova M.P va Ikramova D.B 2025 yil 19 – noyabr kuni xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi Olmazor tumani Ipakchi 6-tor ko‘chasi 209 uy “Junior.ik” ga tashrif buyurdilar. Maktabgacha ta’lim muassasasining mudiri Shigapova L.A bilan reja asosidagi tadbir muxokama qilib olindi.
Shundan so‘ng TDTU “Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi” kafedrasi assistentlari Nosirova M.P va Ikramova D.B. “Tanamiz qanday ishlaydi?” mavzusida rivojlantirish darsi katta va tayyorlov guruxiga o’tildi. Rivojlantirish darsida tibbiyot asoslari, sog‘liqni saqlash qoidalari, birinchi yordam elementlari, sog‘lom turmush tarzi tamoyillari bilan tanishtirib utdilar.
Rivojlantirish darsida MTM direktori va tarbiyachilar tomonidan ijobiy baholandi. Ular bolajonlarga nazariy jihatdan qiziqarli va mazmunli, amaliy jihatdan esa foydali bo‘lganligini ta’kidladilar.
MTM tarbiyachilari xam mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi” kafedrasi xodimlari Nosirova M.P., Ikramova D.B ga minnatdorlik bildirdilar.














