RAZIKOVA ILMIRA
SADULLAYEVNA
Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi
kafedrasi mudiri
Tibbiyot fanlari doktori., professor
1987- yil Toshkent tibbiyot institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
1987-1992 yillarda Toshkent davlat tibbiyot institutini “Allergologiya” mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinaturani tamomlagan.
1992 – 1998 yillarda Toshkent davlat tibbiyot institutini “klinik allergologiya” kursi assistenti lavozimida faoliyat olib borgan.
Ilmiy faoliyatini 1997 yil Toshkent davlat birinchi tibbiyot instituti huzuridagi D.087.01.01. Ixtisoslashgan Kengashda «Фармакологические исследования нового биостимулятора стимусола» mavzusida 14.00.25 – farmakologiya ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari nomzodligini himoya qilgan.
1998-2001 yillarda Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot institutining klinik allergologiya kursi doktoranti bo‘lgan.
2001-2003 yillarda Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot institutini klinik allergologiya kursi assistenti bo‘lib ishlagan.
2003 yil Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti huzuridagi D.087.09.02. Ixtisoslashgan Kengashda «Особенности клинико – иммунологических проявлений атопической бронхиальной астмы у подростков и разработка оптимальных дифференцированных программ лечения» mavzusida 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya ixtisosligi bo‘yicha DSc himoya qilgan.
2003 – 2004 yillar davomida Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot institutini ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi qoshidagi Hamshiralik ishi kursiga raxbarlik qilgan.
2004-2005 yillarda Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot institutida Hamshiralik ishi kafedrasi tashkil qilindi va shu kafedraning mudiri lavozimida ishlagan.
2005 yil ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan.
2005 – 2006 yillarda sobiq birinchi va ikkinchi tibbiyot institutlari birlashtirilib, Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etilishi munosabati bilan ko ‘plab kafedralar birlashtirilishi munosabati bilan Hamshiralik ishi kafedrasi ham ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi tarkibiga kiritildi va Hamshiralik ishi kursiga raxbarlik qilgan.
2006-2008 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi ichki kasalliklar propedevtikasi gematologiya va xarbiy dala terapiyasi, kasb kasalliklari kafedrasi tarkibidagi Hamshiralik ishi kursiga raxbarlik qilgan.
2008 yil Allergologiya va immunologiya ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoniga musharaf bo‘ldi.
2008-2018 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida Hamshiralik ishi kafedrasi tashkil etildi va shu kafedraga mudir etib tayinlandi.
2018 yilda men O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika ilmiy ixtisoslashgan Allergologiya markaziga direktor lavozimiga tayinlandi.
2018 yili Toshkent tibbiyot akademiyasida Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasi tashkil etilib, shu kafedraga mudir lavozimida ishlab kelmoqda.
2023 yil Turon akademiyasining akademik ilmiy unvonini olgan.
Kafedradagi ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 7 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 200 dan ortiq ilmiy ishlar, 28 dan ortiq o’quv- uslubiy qo‘llanmalar chop ettirgan. 10 ta ratsional takliflari, 12 ta DGU, 2 ta patent olishga muvaffaq bo‘lgan.
Razikova Ilmira Sadullayevna raxbarligida 3 ta falsafa doktori (PhD), 2 ta (DS) dissertatsiyasilari himoya qilingan. Hozirgi vaqtda 1 ta (DS), 3 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishlariga rahbarlik qilmoqda.
ALIKULOVA DILRABO
YAKSHIBAYEVNA
Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi
kafedrasi katta o‘qituvchisi
Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
1994-1997 yillar davоmida Sirdaryo vilоyati Yangiyеr tibbiyot bilim yurti talabasi, hamda shu yillari Yangiеr tibbiy sanitariya qismining хirurgiya bo’limida operatsion хоnasi kichik tibbiyot хоdimi bo‘lib ishlagan.
1997 – 1998 yillar davоmida Sirdaryo vilоyati Yangiyеr tibbiy sanitariya qismining хirurgiya bo’limida оpеratsiоn hamshira lavozimida faoliyat yuritgan.
1998 – 2000 yillar davоmida Sirdaryo vilоyati Yangiyеr shaхar markaziy shifохоnasining хirurgiya markazida Bоsh hamshira lavоzimida ishlagan.
2000-2003 yillar davоmida 2 – Tоshkеnt Davlat Tibbiyot institutining Оliy hamshiralik ishi bakalavriat ta’lim yo’nalishini tamоmlagan.
2003 yildan 2005 yillar davоmida 2 – Tоshkеnt Davlat Tibbiyot institutining “Ichki kasalliklar prоpеdеvtikasi kafеdrasi qоshidagi Hamshiralik ishi kursi”da assistеnt lavоzimida ishlab kеlgan.
2005 yildan 2 – Tоshkеnt Davlat Tibbiyot instituti faоliyati to’хtatilib, Tоshkеnt tibbiyot akadеmiyasi maqоmi bеrilgach, O’zbеkistоnda ilk bоr “Hamshiralik ishi” kafеdrasi tashkil etilgan va shu kafеdrada katta o’qituvchi lavоzimida faоliyat yuritib kеlgan.
2014 – 2016 yillar Tоshkеnt tibbiyot akadеmiyasi, jamоa salоmatligi, hamshiralik ishini tashkil etish va bоshqarish yo’nalishi magistratura ta’lim yo’nalishini tamоmlagan.
2016 yildan buyon Tоshkеnt tibbiyot akadеmiyasining Allеrgоlоgiya, klinik immunоlоgiya va hamshiralik ishi kafеdrasi katta o’qituvchisi lavоzimida ishlab kеlmоqda.
2020 yildan Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari kafedrasi mustaqil izlanuvchisi.
2024 yil mart oyida 14.00.23 – Hamshiralik ishini tashkil etish ixtisosligi bo’yicha tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Bronxial astma bilan kasallangan bemorlarga tibbiy profilaktik yordam ko’rsatishda hamshiralarning rolini optimallashtirish” mavzusida dissertatsiyasini himoya qilgan
2013 yildan Oliy hamshiralik ishi ta’lim yo’nalishini takomillashtirish bo’yicha jaxon sog’liqni saqlash tashkilotining ekspertlarining ishchi gurux a’zosi sifatida faoliyat ko’rsatgan.
Hozirgi kungacha oliy hamshiralik ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha yetarli malaka va tajribaga ega bo’lgani uchun oliy hamshiralik ishi ta’lim yo’nalishi talabalari uchun 6 ta darslik, 3 ta o’quv qo’llanma, 27 tadan ortiq o’quv uslubiy qo’llanmalarni hammualiflikda nashr qilgan. 90 dan ortiq mahalliy va xorijiy ilmiy maqolalar, tezislar, 2 ta xorijiy hamkorlikda skopus maqola yozgan.
2020 yil fevral oyida Falsafa doktorlik (PhD) ilmiy darajasiga yetishish uchun tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida mustaqil izlanuvchisi sifatida 14.00.23 – Hamshiralik ishini tashkil etish ixtisosligi bo’yicha “Bronxial astma bilan kasallangan bemorlarga tibbiy profilaktik yordam ko’rsatishda hamshiralarning rolini optimallashtirish” mavzusini ilmiy rahbar R. K. Salixodjaeva boshchiligida tasdiqlatildi. 2024 yil dissertatsiya ishini himoya qildi
Jamoa ishlarida o’ta faol, barcha topshiriqlarga jiddiy ma’suliyat bilan yondoshadi. Tashkilotchilik, boshqaruvchilik xususiyatlariga ega.
Mirpayzieva Mutabar Abduganievna Hamshiralik ishi kafedrasi assistenti.
2004 yilda Toshkent Tibbiyot Institutining OMX fakulьtetini tugatgan. 2007 yil Jamoat tibbiyoti sog‘lig‘ini saqlash tizimini boshqarish mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tomomlagan. “Xirurgik bo‘limlarda yotoq yaralarni davolash algoritmi” mavzusida magistrlik dissertasiyasini himoya qilgan. 2007 yil yanvarь oyidan shu kungacha Xamshiralik ishi kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.
M.A. Mirpayzievaning ilmiy faoliyati natijalari 12 ta ilmiy maqola, 3ta darslik, 11ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 19 ta tezislar chop qilingan. Kafedra va akademiyaning jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etadi.
Baybekova Venera Faridovna 1985 yilda tug‘ilgan. 2002-2009 yillar davomida TTA davolash fakultetini tamomlagan. 2009-2012 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasini ichki kasalliklar yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2012 yil sentyabr oyidan buyon TTA, “Hamshiralik ishi” kafedrasida va 2018 yil sentyabr oyidan buyon TTA, “Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritmoqda. Xozirgi davrgacha 8 ta xorijiy maqola, 27 ta Respublika miqyosida maqolalar va tezislarni xammualliflikda yozgan. Kelgusidagi rejalar: t.f.d., professor I.S. Razikova raxbarligida “ Asoratli bronxial astma kasalligini davoni takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borishni rejalashtirmoqda. V. F. Baybekovaning ilmiy faoliyati natijalari 9 ta ilmiy maqola, 5 ta darslik, 8 ta o‘quv – uslubiy qo‘llanma, 18 ta tezislar chop qilingan. Kafedra va akademiyaning jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etadi.
Asalov G’iyosiddin Suyunovich 1984 yilda tug‘ilgan. 2003-2010 yillar davomida TTA tibbiy pedagogika fakultetini tamomlagan. 2020-2023 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasini Allergologiya, klinik immunologiya yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani tamomlagan. 2023 yil sentyabr oyidan buyon TTA “Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yuritmoqda. Xozirgi davrgacha 3 ta xorijiy maqola, 6 ta Respublika miqyosida maqolalar va tezislarni xammualliflikda yozgan. Kafedra va akademiyaning jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etadi.