Bugun 12. 09. 2023 yil kafedramiz xodimlaridan katta o’qituvchi Alikulova D. Ya va assistant Abdullayeva B. X.lar boshchiligida sog’liqni saqlash menejmenti ta’lim yo’nalishining 3 – kurs talabalari bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi Davlat Muzeyiga tashrif buyurdik.
Tashrif jarayonida talabalar ushbu muzeyni ochilish tarixi, mustabid tuzum davrida xalqimizning qadr-qimmati, insoniy sha’ni va g‘ururi oyoqosti qilingani haqidagi tarixiy manbalari, istiqbolda qatag’on siyosati qurbonlari bo’lgan ota-bobolarimizning nomlarini tiklash uchun qilingan ishlar, ularning hayoti va faoliyatini o’rgandilar. Qatag’onga uchragan davlat va jamoat arboblari namoyondalari haqida ilmiy, badiiy-publitsistik asarlar, jadidchilar faoliyati haqida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
Tashrifdan maqsad tarixni bilish “Inson-aziz, xotira-muqaddas” shiori asosida yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat, ularning ko’rsatgan jasorati va ibratli faoliyatlarini targ’ib qilish yoshlarni Vatanga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yordam beradi.
SHunday qilib, bugungi muzeyga tashrif talabalar uchun juda katta ta’surot qoldirdi va talabalarning bir kunlik vaqti besamar ketmadi. Zero yurtboshimiz ta’kidlaganidek: «El yurtimiz ozodligi yo’lida xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusi, milliy qadriyatlarimizni himoya qilishda, mustamlakachilikga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo’lgan yurtdoshlarimiz xotirasi, minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi».