Barchamizga ma’lumki, noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot xodimlari kuni nishonlanadi. Shu munosabat bilan, 6- noyabr kuni Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasida ushbu bayramga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirni kafedra mudiri, professor Razikova I.S. tabrik so‘zi bilan ochib berdi va kafedra xodimlari, professor- o‘qituvchilarni bayram bilan tabrikladilar.Professor o‘z tabriklarida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, O‘zbekiston tibbiyotida, xususan, allergologiya va immunologiya sohasidagi tub o‘zgarishlar haqida gapirdi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan allergologiya va immunologiya sohalarini rivojlantirish, allergik kasalliklarni oldini olish hamda davolash bo‘yicha qabul qilingan qarorlari bu sohani rivojlantirishga turtki bo‘layotganligi to‘grisida to‘xtalib o‘tdilar.adbir davomida Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning O‘zbekiston shifokorlariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, kafedra xodimlari, Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati tomonidan shifokorlar kuni musosabati bilan tashkil etilayotgan katta bayram anjumaniga taklif etildilar.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.