Hozirgi kunda dunyo boʼylab xar uchinchi ayol jismoniy yoki jinsiy zoʼravonlik qurboni boʼlmoqda. BMT Bosh Kotibi xotin-qizlarga nisbatan zoʼravonlikni bartaraf etish xalqaro kuni munosabati bilan qilgan bayonotida “Xotin-qizlarga nisbatan zoʼravonlik global pandemiya tusini olmoqda… Bu ochiq, haqqoniy va barqaror rivojlanish yoʼlidagi jiddiy toʼsiqdir”, -deya taʼkidlagan edi. Oilaviy kelishmovchiliklar, ayollarga nisbatan zoʼravonlik hozirgi kundagi dolzarb muammolardan biri boʼlib, unga yechim topish hamda huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 25 noyabr-10 dekabr kunlari “Zoʼravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi oʼtkazilishi belgilandi.
Shunday ekan, bugungi anjuman o‘tkazishdan bizning maqsadimiz Birlashgan millatlar tashkilotining “2030 yilgacha ayollarga nisbatan zoʼravonlikga barham berish uchun birlashamiz” shiori ostidagi tashabusini barcha xotin qizlarga targʼib etib, ayollarga nisbatan zoʼravonlikni butunlay tugatish uchun targʼibotni kuchaytirish, ayollarning qonuniy manfaatlarini himoyalash boʼyicha harakatlarni kuchaytirish, bilim almashish va innovattsiyalarga oid global harakatlarga chaqirishdir.
Anjumanni Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining direktori professor Razikova Ilmira Sadullayevna ochib berdi. Ilmira Sadullayevna o‘z so‘zida Аyollarga nisbatan zoʼravonlik bu – jins belgisiga asoslangan jismoniy, jinsiy yoki psixologik zararga olib keladigan yoki ayollarga aziyat yetkazadigan, shuningdek, bunday harakatlarning tahdidlari jamiyat yoki shaxsiy hayotda boʼlsin, majburlash yoki ayollarga nisbatan zoʼravonlik – inson huquqlarining eng keng tarqalgan buzilishlaridan biridir deya gender zo ‘ravonlikka ta’rif berdi. Qolaversa, mamlakatimizda ham keyingi vaqtlarda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni taʼminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ularga yangi ish oʼrinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, xotin qizlarga nisbatan tazyiq va zoʼravonlikni oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilayotgani haqida gapirib o‘tdi. Shu munosabat bilan ogʼir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan, oilaviy muammolar va turmushida turli xil zoʼravonlikka duch kelgan xotin-qizlarni ruhiy qoʼllab-quvvatlash va ularga motivatsiya berish, zuravonlikka qarshi targʼibot ishlarini kuchaytirish maqsadida jamoatchilik eʼtiborini ushbu masalaga jalb etishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirishda markaz xodimlarining ham rolini oshirish, har bir shaxsni zoʼravonlikka befarq boʼlmaslikka, bu haqida sukut saqlamaslikka qaratilgan turli targʼibot ishlari tashkil etishda faol bo‘lishga chaqirdi.
Shundan so‘ng so‘z navbatini Toshkent tibbiyot akademiyasining Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor, tibbiyot fanlari doktori, professor Bobomuratov T. A. ga berildi. Bobomuratov T. A. o‘z so‘zida keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda gender tenglikni taʼminlash tizimini takomillashtirish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani haqida gapirdi. Shu bilan birga xotin qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, ularni kasbga oʼqitish va bandligini taʼminlash, ogʼir turmush sharoitidagi xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash hamda gender tenglikni taʼminlash dolzarb vazifalar hisoblanishini bir qancha misollar bilan tushuntirdi.
Anjumanning yana bir mexmoni TTA, Umumiy Gigiyena kafedrasi dotsenti, t,f,n. Lola Kabulovna so’zga chiqib, kishilarga nisbatan muayyan bir jinsga mansub bo‘lganligi sabab ishlatilgan har qanday zo‘ravonlik, bir so‘z bilan aytganda, gender zo‘ravonligining turli shakllari mavjud bo‘lib, hozirda butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarga ta’sir o‘tkazayotgan doimiy muammo sifatida saqlanib qolmoqda. Mazkur muammo alohida shaxslar, oilalar, hamjamiyatlar va, umuman, jamiyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda, iqtisodiy taraqqiyot hamda inson huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida to‘siq bo‘layotganini ta’kidladi.
Navbat spikerlarga berildi
Olmazor tumani ichki ishlar organlarini muvofiqlashtirish boshqarmasining xotin qizlar masalasi bilan ishlash bo‘yicha katta inspektor, podpolkovnik Meyliyeva S. SH – “Хotin – qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik” mavzusida doklad o‘qidi. Oiladagi zo‘ravonlik — bu gender zo‘ravonlikning, odatda, turmush o‘rtoqlar, juftliklar yoki oila a’zolari o‘rtasidagi yaqin munosabatlar doirasida sodir bo‘ladigan shakli. Bu holat jismoniy, hissiy va jinsiy zo‘ravonlik hamda ruhiy qiynoq va moliyaviy holatini suiiste’mol qilish kabi turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Oiladagi zo‘ravonlik, jinsidan qat’i nazar, har qanday turdagi munosabatlarda sodir bo‘lishi mumkin, biroq global miqyosda to‘plangan dalillar shuni ko‘rsatadiki, undan, asosan, ayollar aziyat chekadi.Dokladda aynan tazyiq va zo ‘ravonlik tasnifi haqida ma’lumot berdi.
Olmazor tumani ichki ishlar organlarini muvofiqlashtirish boshqarmasining katta inspektori, podpolkovnik Jo‘rayeva Q. X. – “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi qonunning mazmun moxiyati mavzusida doklad o‘qidi. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar va bitimlarga rioya qilishdan tashqari, gender zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik kiritishning ko‘plab jiddiy sabablari mavjud. Gender zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash potensial tajovuzkorlarni tiyib turuvchi omil sifatida xizmat qilib, jabrlanganlar uchun yanada ishonchli huquqiy himoyani ta’minlashi mumkin. Huquqbuzarlarni qilmishi uchun javobgarlikka tortish orqali bunday zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmasligi va unga toqat qilinmasligi to‘g‘risida tushuncha hosil qilinadi. Shuningdek, bu jabrlanganlarni huquqiy himoya, masalan, sudlarning taqiq orderlari va zo‘ravonlik davom etishining oldini olishga yordam beradigan himoya orderlarining boshqa shakllari bilan ta’minlashi mumkin.
Jinoiy javobgarlik belgilash oiladagi zo‘ravonlikning barcha xususiyatlarini, jumladan, sharoiti, takrorlanuvchanligi, majburiy nazorati, motivlarini hisobga olish imkonini beradi. Bu ushbu jinoyatning og‘irlik darajasini baholash va zo‘ravonlik sodir etayotgan shaxs jamiyat uchun xavfli deb topilgan taqdirda, huquqlarni tiklash yoki qamoqqa olish tartibini qo‘llashni aniqlash imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ichki ishlar organlari, mehnatni muhofaza qilish organlari, ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, sog’liqni saqlash tizimini boshqarish organlarining hamda sog’liqni saqlash muassasalari va хotin-qizlar idoralari mas’ul hisoblanashi haqida ma’lumot berdi.
Shundan so ‘ng davra suxbati bo ‘lib o‘tdi, hamma hodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi davra suxbati ancha vaqt davom etdi
Anjuman xulosasi Gender zo‘ravonlik – insoniyatning jinoyat sifatida ta’qib qilinishi zarur bo‘lgan falokatidir. Jamiyatda zo‘ravonlikni jazosiz qoldirish va uning me’yoriy holat sifatida qabul qilish madaniyati davlat tomonidan aniq choralar ko‘rilishini talab qiladi. O‘zbekiston bugungi kunda ushbu sohadagi jazo choralarini qayta ko‘rib chiqayotgan ekan, bu mamlakat ayollari va bolalarini himoya qilish uchun chora ko‘rishning ayni vaqti. Biz O‘zbekiston bu borada to‘g‘ri qaror qabul qilishiga ishonamiz.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.