Fasllar orasida kuzning o‘ziga yarasha o‘rni va ahamiyati bor. Aytib o‘tganimizdek, bu faslda insonning rizqi bo‘lgan ko‘pgina anvoi ne’matlar pishadi. Havosi ham iliq, mo‘’tadil bo‘ladi. Manzarasi esa go‘zal, dillarni yayratadi.
Kuz fasli hamma qatori o‘zbek xalqi uchun juda qadrli. Chunki tinchlik, diyonat, istiqlol, hurlik va qator ulug‘ ne’matlar ana shu oltin kuz fasli boshlanishi bilan xotiralarga muxrlangan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, kuz fasli o‘zida juda ko‘p yaxshiliklarni jamlagan.
Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasida 15-noyabr kuni oliy hamshiralik ishi ta’lim yo‘nalishi 1 – kurs talabalari o‘rtasida «Naqadar go‘zalsan, oltin kuz» ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Ko‘rik tanlovda talabalarning amaliy ishlari, rang-barang daraxt barglaridan kompozitsiyalar kabi qo‘l mexnatlari namoyish etildi.
Ko‘rik tanlovda kafedra professor o‘qituvchilari ham ishtirok etib, talabalar bilan kuz fasli haqida, bu faslda tabiatda uchraydigan ranglar haqida suhbatlar olib borishdi.