01.04.2026 yil sanasida Аllergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasining manaviyat va maʼrifat ishlari uchun masʼul assistenti Usmanova Zarifa Turg’unovna OMH yo‘nalishi 2-kurs 202-A guruh talabalari bilan birgalikda “Islom sivilizatsiyasi markazi”ga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrifning asosiy maqsadi talabalarning tarixiy, ma’naviy va madaniy bilimlarini yanada boyitishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida talabalar markazda joylashgan ko‘rgazmalar, noyob qo‘lyozmalar va tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va ularning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.
Tashrif ko‘tarinki ruhda o‘tdi, barcha ishtirokchilar katta taassurotlar bilan qaytdilar. Ushbu tashrif talabalarning milliy merosimizga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, bunday tashriflarni muntazam tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
.
.














