Аllergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi, qadimiy va an’anaviy bayram – Navro‘z ayyomi keng nishonlandi. Tadbir bayramona ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi.

Tadbirni kafedra mudiri professor I.S. Razikova ochib berib, barchani Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etdila. U o‘z nutqida Navro‘zning xalqimiz hayotidagi o‘rni, uning mehr-oqibat, yangilanish va ezgulik timsoli ekanligini ta’kidladila.

 

Bayram davomida talabalar tomonidan milliy qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, milliy taomlar – sumalak, ko’k cva boshqa an’anaviy taomlar tayyorlanib, ishtirokchilarga tortiq qilindi.

Navro‘z bayrami barchada katta taassurot qoldirdi va jamoa a’zolari o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik muhitini yanada mustahkamladi.

Tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi va o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga to‘liq erishildi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.