Toshkent davlat tibbiyot universitetining Allergologiya va klinik immunologiya hamda hamshiralik ishi kafedrasida talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Mazkur tadbir talabalarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot sohasida ilmiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi.

Tanlov doirasida ishtirokchilar allergologiya, immunologiya va hamshiralik ishi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ilmiy ishlarini taqdim etdilar. Taqdim etilgan ishlar dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati ajralib turdi.

Tanlov og‘zaki taqdimot shaklida tashkil etildi. Har bir ishtirokchiga ma’ruza qilish va hakamlar hay’ati savollariga javob berish uchun belgilangan vaqt ajratildi. Ishlar 100 ballik tizim asosida, ilmiy asoslanganlik, innovatsionlik, amaliy ahamiyat va taqdimot sifati mezonlariga ko‘ra baholandi.

Tadbir yuqori tashkiliy va ilmiy darajada o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘z bilimlari, ilmiy yondashuvi va tayyorgarlik darajasini muvaffaqiyatli namoyish etdilar.

Barcha ishtirokchilarga, ilmiy rahbarlarga hamda hakamlar hay’ati a’zolariga faol ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.