Og‘iz bo‘shligi gigienasi – bu og‘iz, tishlar, til va boshqalarni sog‘lom saqlashga qaratilgan qoidalardir. Bu qoidalariga rioya qilish nafaqat tishlar va og‘iz bo‘shlig‘i, balki umumiy salomatlikni ham ta’minlaydi.
Qoidalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Tishlarni muntazam tozalash:
– Tishlarni kuniga kamida ikki marta, ertalab va kechqurun tozalash tavsiya etiladi. Bunda ftorli tish pastasini tanlash tavsiya etiladi, chunki bu tish emalini kuchaytiradi.
Tish cho’tkasi muntazam ravishda yangilanib turilishi kerak. Yumshoq cho’tkalar tish emalini zarar yetkazmasdan tozalashga yordam beradi.
2. Tish ipidan foydalanish:
– Tishlar orasida qolgan oziq-ovqat qoldiqlarini olib tashlash uchun tish ipi yoki tish cho‘tkasi bilan tozalash zarur. Bu tishlar orasidagi bakteriyalarni kamaytirishga yordam beradi.
3. Og‘izni chayish:
– Antiseptik yoki tish pastasi bilan og‘izni chayish og‘izdagi bakteriyalar sonini kamaytiradi va nafasni xushbo‘y qiladi.
4. Muntazam ravishda tish shifokori qabulida bo‘lish:
– Har 6 oyda tish shifokoriga murojaat qilish tishlar va og‘iz bo‘shlig‘i sog‘lig‘ini nazorat qilishda muhimdir. Shifokor rejali tekshiruvlar va zarur hollarda davolashlar ishlarini amalga oshiradi.
5. Sog‘lom ovqatlanish:
– Shakar va kislotalar ko‘p bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, gazli ichimliklarni cheklash, sabzavotlar va mevalarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish, suv ichish.
Og‘iz bo‘shligi gigienasiga rioya qilish, tishlarning kasallanishi, og‘iz bo‘shlig‘i infeksiyalari va boshqa muammolarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Muntazam ravishda og‘iz bo‘shligi gigiena qoidalariga amal qilish orqali nafaqat tishlar, balki umumiy salomatlikni ham saqlash mumkin. Shu maqsadda, allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasi xodimlari, kafedra katta o‘qituvchisi Alikulova D.Y., assistentlar Baybekova V.F, Abdullayeva B.X., Temirova M.B., Yuldasheva U.X., Alimova N.N.lar Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan 29- ixtisoslashtirilgan davlat umum ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan shaxsiy gigiena qoidalari, xususan ogʻiz boʻshligi gigienasi qoidalariga amal qilishning o‘rni va ahamiyatini mavzusida davra suhbati o‘tkazdilar.
Suhbat davomida shifokorlar bolalarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar hamda o‘quvchilarga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.