04.09.2023y Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasi” professor o`qituvchilari “Vatan ozodligi yo‘lida shahid ketganlar xotirasi mangu barhayotdir” mavzusidagi mustaqillik darsidan davolash fakulteti, 6-bosqich talabalari bilan amaliy mashg`ulotning birinchi va ikkinchi parasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida bildirilgan fikrlar va ularning yoshlar ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini yoritib berish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkil etishdi. Dars davomida 1937-1953 yillarda O‘zbekistonda 100 ming odam qatag‘onga uchragani, ularning 13 ming nafari otib tashlangani yana bir bor yodga olindi. Afsuski, tazyiqlar bu bilan cheklanib qolmagan.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.