Bugun 19 noyabrda Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedrasining “Naytingeyl izdoshlari” to’garagi ish faoliyatiga o’zgacha tus berdi.
Talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishini tashkil etish uchun to’garakda faol talabalardan iborat guruhchada “Mohir qo’llar ” mavzusida davra tashkil etildi. Bunda talabalar o’z qiziqishlaridan kelib chiqib, o’z qo’l mehnati mahsulotlarini olib kelib, davra suhbatida master klass o’tishdi.


Talabalar qo’l mehnatini usullarini bajarishda aniqlik va bosiqlik, mehnatsevarlik, tinglash malakasi, xushmuomalalik, aniqlik, faollik, mehnat madaniyati, jamoada ishlash qobiliyatini tarbiyalash kabi tomonlarga diqqat bilan to’xtab o’tdilar.
Bundan tashqari, talaba qizlar orasida tikuvchilik , to’quvchilik, karvin san’atiga qiziqadiganlar va rassomchilikka qiziqadigan talabalar ko’proq ekan. Xatto, talabamiz Xaydarova Shaxnoza kelinlar va qizlar uchun bejirim, o’ta go’zal turli to’y taqinchoqlarini yasab, instagram saxifasida o’ziga shaxsiy kanal ochib, kichik tadbirkorligini yo’lga qo’ygani haqida so’zlab, berdi. Yana bir talaba qizimiz o’z qo’li bilan qo’g’irchoqlar to’qib, ularga kiyimchalar tikib shunaqa chiroyli obrazlar yaratar ekan, ko’zingiz quvonadi. Talabamiz Nargiza bo’lsa yosh bolalar uchun yuvinish mochalkalaridan turli obrazlar yaratar ekan. Bu albatta yosh bolalarni yuvintirishda juda ast qotishini so’zlab berdi. Talabalardan bir nechtasi rasm chizishni amalda ko’rsatib hammani lol qoldirishdi.


To’garakka rahbarlik qiluvchi katta o’qituvchi Alikulova D. YA va Abdullaeva B. X.lar talabalarga yuzlanib, qo’lidan hunar kelgan ayolning rizqi butun, xayotda o’rni bor, chunki sevimli mashg’uloti, o’z qo’llaringiz bilan ijodkorlik qila olishingiz mumkin. Har biringiz o’z qo’llaringiz bilan biror narsa qila olasiz. Masalan, u derazadan tashqarida tabiatni chizgan. Siz chizishni bilmasangiz ham, lekin siz o’zingizning ishingiz bilan ko’rgan narsangizni, bu dunyoning go’zalligini qanday tushunganingizni etkaza olasiz deb ta’kidladilar.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.