Toshkent davlat tibbiyot universiteti pedagogi, 40 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop va badiiy kitoblar muallifi, “Tibbiyotnoma” oynomasining 33-yillik muharriri, O‘zbekiston ilm-u-fanining, ma’naviyati va ma’rifatining jonkuyari, olim, murabbiy Turon Fanlar akademiyasi, Xalqaro ANTEQUY WORLD hamda Tibbiyot, tabobat va sport uyg‘unligi Ilmiy Akademiyalari akademigi, Turon Xalq yozuvchisi, oliy toifali allergolog–shifokor, Respublika Allergologiya markazi mutaxassisi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi, “Do‘stlik elchisi” ordeni, “Fidoyi xizmatlari uchun”, “Akademik Alijon Zohidiy” ko‘krak nishonlari sohibi Nizamov Qutbiddin Fatxullayevich O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov uy-muzeyi ochilishi munosabati bilan shoirning qizi meditsinadan falsafa doktori Shoira Oripova tomonidan “Abdulla Oripov” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida Markaziy Osiyo davlatilari va Turkiyadan tashrif buyurgan 200 dan ortiq shoir-u-fuzalolar, olim-u-ulamolar ishtirok etdilar.
Olimni Toshkent davlat tibbiyot universtitetining Allergologiya, klinik immunologiya va hamshiralik ishi kafedra jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.